
Cadena SER jurnalisti Anton Meana «Real»ning Joze Mourinyo qo‘l ostidagi o‘yinini tahlil qildi.
Mutaxassis murabbiyning faoliyatiga baho berdi. Meananing fikricha, «qaymoqranglilar» rivojlanishga erisha olmayapti.
«Statistik ko‘rsatkichlarga qaraganda, Mourinyo qo‘l ostida «Real»ning o‘yini yaxshilanmadi», — dedi Meana.
Joze Mourinyo yozda Madridga ko‘chib o‘tdi. «Qaymoqranglilar» murabbiyning «Benfika» bilan tuzgan shartnomasini sotib oldi.