iks
ads


Enrike Dembele haqida: «Bu yerda u boshliq!»

  • Mr.NoBoDy16.10.2026 16:39
  • 18
  • 30

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Usman Dembele haqida fikr bildirdi. Hujumchi Chempionlar ligasida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alabadan keyin hazil tariqasida yana bir ta’til so‘rashini aytgan edi.

«Bu yerda u boshliq! Agar u ta’til so‘rasa, demak, ta’til bo‘ladi. Ammo u doim hazillashadi. Uning futbolga munosabati va o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqi menga yoqadi. Albatta, bu hazil edi, lekin men har doim futbolchilarga ular istagan narsani berishga tayyorman. Albatta, me’yor doirasida. Doim asosiy tarkibda o‘ynashning iloji yo‘q. Bunday qarorlarni qabul qilish mening mas’uliyatim ekanini ular yaxshi bilishadi.

Doimiy ta’til masalasiga kelsak... Bilasizmi, mashg‘ulot bazasiga kelib, shu yerda mashq qilishning o‘zi haqiqiy ta’tildir», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

17 oktyabr kuni «PSJ» Fransiya chempionati doirasida safarda «Strasburg»ga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar