iks
ads


«Barselona» «Inter»ning 60 million yevrolik futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy12.10.2026 13:39
  • 21
  • 30

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Andi Diuf faoliyatini Yevropaning boshqa yetakchi chempionatlaridan birida davom ettirishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 23 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Fransiya terma jamoasi a’zosining o‘yinlarini Kataloniyaning «Barselona» hamda Parijning «PSJ» klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

«Inter» rahbariyati esa Diufning ehtimoliy transferidan 50–60 million yevro daromad olishni ko‘zlamoqda.

Fransiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda Italiya A Seriyasining 5 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar