
Mashhur britaniyalik musiqachi va «Manchester Siti» muxlisi Liam Gallaxer Angliya Premyer-ligasining 6-turida «shaharliklar»ning «Liverpul» ustidan qozongan yirik g‘alabasiga munosabat bildirdi.
«Manchester Siti» safarda o‘tkazilgan uchrashuvda raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Manchesterliklar raqib jamoa bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng ustunlikdan unumli foydalandi.
Gallaxer o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Liverpul» muxlislariga nisbatan keskin va haqoratomuz fikr bildirdi.
«Joyingizga o‘tiringlar, skauzer ablahlar! «Manchester Siti» futbol olamida hukmronlik qilmoqda», — deb yozdi musiqachi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» barcha uchta golini «Liverpul» yarim himoyachisi Rayan Gravenberx maydondan chetlatilganidan keyin kiritdi.
Angliya Premyer-ligasida oltita tur ortda qolganidan so‘ng «Manchester Siti» 18 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Enso Mareska boshqarayotgan jamoa eng yaqin ta’qibchisidan uch ochko oldinda bormoqda.