
Portugaliyaning «Portu» klubida to‘p surayotgan 20 yoshli braziliyalik qanot hujumchisi Uilyam Gomes Yevropaning bir qator klublari e’tiboriga tushdi.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Nyukasl» va «Atletiko» iste’dodli futbolchining faoliyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
«Portu» esa Gomes uchun 60 million yevrolik taklif tushsa, uni sotishga tayyor.
Braziliyalik futbolchi 2025 yil boshidan buyon «ajdarlar» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Uilyam Gomesning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.