iks
ads


Vengriya klubi uchrashuv qaydnomasiga 11 ta itni kiritdi (foto)

  • Mr.NoBoDy09.10.2026 10:26
  • 27
  • 30

Vengriyaning «Zalaegerseg» klubi milliy chempionatning navbatdagi turida «Niredxaza»ga qarshi o‘yin uchun tarkibni g‘ayrioddiy tarzda e’lon qildi. Jamoa asosiy tarkibda futbolchilarning ismlari o‘rniga itlarning suratlari va laqablarini joylashtirdi.

Bu aksiya boshpanasiz itlarga bag‘ishlangan tashabbus doirasida amalga oshirildi, deb xabar berdi klubning rasmiy sayti. Jamoa shu yo‘l bilan egasiz hayvonlar muammosiga e’tibor qaratish va ularni yangi oilalarga joylashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

«Zalaegerseg» Vengriya chempionati turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Jamoa sakkizta turdan keyin olti ochko to‘plagan. «Niredxaza» esa sakkiz ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Mazkur uchrashuv Vengriya chempionatining 9-turi doirasida 11 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs «Shoshtoi It» stadionida o‘tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar