iks
ads


Mourinyo: «Men «Real»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga ishonmaganman»

  • Mr.NoBoDy09.10.2026 05:26
  • 18
  • 30

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaga qaytishi haqidagi gap-so‘zlarga qanday munosabat bildirganini aytdi.

Dastlabki mish-mishlar o‘tgan mavsum yakunlanishidan ancha oldin, portugaliyalik mutaxassis «Benfika»ni boshqarib turgan paytda paydo bo‘lgan. Iyun oyida esa u rasman «qirollik klubi»ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Mourinyo Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi.

«Real»ga qaytishim haqida gaplar tarqalganida, men bunga e’tibor bermadim va buni oddiy mish-mish deb o‘yladim. Klub mavsum o‘rtasida Arbeloani tayinlagandi, uning natijalarini baholashga hali erta edi, ammo shov-shuvlar boshlanib ketdi. Lekin menga hech kim hech narsa demagan edi.

Men bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas, deb o‘yladim. Diqqatim “Benfika”ga qaratilgan edi. Odatda, shov-shuvlar tomonlar o‘rtasidagi birinchi aloqadan keyin boshlanadi. Ammo bu safar aksincha bo‘ldi: men bilan hech kim bog‘lanmagan, mish-mishlar esa allaqachon tarqalib ulgurgan edi», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone nashri keltirmoqda.

63 yoshli murabbiyning «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar