
«Al-Hilol» hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ahli»ga qarshi 3:0 hisobidagi g‘alabali o‘yinda yangi jamoasi safidagi ilk golini urganidan keyin fikr bildirdi.
«Bugun bu yerda ko‘rgan o‘yin darajam, rostini aytsam, Premyer-liga saviyasiga mos. Uchrashuv jismoniy jihatdan juda shiddatli va qiyin o‘tdi, futbol darajasi esa nihoyatda yuqori edi.
«Al-Hilol»dan taklif tushgan zahotiyoq o‘tishga qaror qildim. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tomosha qilganman va ular qanchalik yaxshi o‘ynaganini ko‘rgandim. Men doim chempionatda kim yetakchilik qilayotganiga e’tibor beraman, «Al-Hilol» esa hamisha peshqadamlar qatorida bo‘ladi.
Men shu yerda bo‘lishni xohlayman. Sovrinlar yutishni istayman va menimcha, bu jamoa bu maqsadga erishish uchun menga eng yaxshi imkoniyatni beradi.
Har bir o‘yinda gol urishni xohlayman. Menda ko‘plab vaziyatlar bo‘ladi. Ruben Nevesh va Sergey Milinkovich-Savich juda aqlli futbolchilar, mendan esa to‘g‘ri paytda oldinga chiqish talab qilinadi.
Hozircha sport formam eng yaxshi holatda emas, chunki bor-yo‘g‘i bir necha kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Ammo o‘yin ritmiga kirib olganimdan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi», — dedi «Aston Villa»ning sobiq hujumchisi.