«Aston Villa» Leon Goreskani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy22.08.2026 08:39
  • 102
  • 30

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, «Aston Villa» «Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Leon Goreskani transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

31 yoshli germaniyalik futbolchi «Bavariya»ni tark etgach, erkin agent maqomida turibdi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Goreska barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar