
«Chelsi» posboni Filip Yergensen yaqin orada «Strasbur» a’zosiga aylanadi. Insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar 24 yoshli daniyalik darvozabonning ijarasi bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga erishgan.
Hozirda klublar futbolchining maoshini taqsimlash bilan bog‘liq shartlarni muhokama qilishni yakunlashmoqda. So‘nggi detallar hal bo‘lgach, transfer rasman rasmiylashtiriladi.
Yergensen Fransiya klubiga o‘tishi yaqin kunlarda kutilayotgani sababli «Chelsi»ning mavsumlarora yig‘inini tark etib bo‘lgani aytilmoqda. «Strasbur» ham, «Chelsi» kabi, BlueCo tuzilmasiga kiradi, shu sababli bitim bir egalikdagi klublar o‘rtasida amalga oshirilmoqda.