
UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionatidagi ulushlarni sotish niyati yuzasidan bayonot berdi.
«Bu futbolni boshqaruvchi organlar hech qachon bosib o‘tmasligi kerak bo‘lgan chegaradan chiqishdir. UEFA bunga juda jiddiy qaraydi. Barcha milliy futbol assosiasiyalari ham shunday qilishi kerak. Futbol kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha manfaatdor tomonlar — ligalar, klublar, o‘yinchilar, muxlislar, hukumatlar va har bir inson bunga xuddi shunday munosabatda bo‘lishi lozim.
Futbolning ruhi va uni boshqarish tizimi — ayniqsa, moliyaviy foydani kim olishi borasida shaffoflik mutlaqo mavjud bo‘lmagan bir sharoitda — sotiladigan aktiv emas. Hech birimiz futbolning egasi emasmiz. Va FIFA uni sotish huquqiga ega emas», — deyiladi UEFA bayonotida.