Isroillik vingerga Angliyadan xaridorlar yetarli

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 17:39
  • 24
  • 30

The Athletic nashri bergan xabarga ko‘ra, Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» klubi vingeri Ananan Xalayli uchun «Nottingem Forest» tomonidan berilgan 20 million yevrolik taklifni rad etdi.

21 yoshli futbolchi shu oy boshida tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sababli «Inter»ga o‘tishi barbod bo‘lganiga qaramay, transfer bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘yinchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Isroillik vinger uchun kurashda «Forest» yolg‘iz emas — «Bornmut» va «Nyukasl Yunayted» ham ushbu yozda uning atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Mag‘lubiyatga qaramay, «Nottingem Forest» ushbu universal qanot vakiliga bo‘lgan qiziqishini yakunlaganicha yo‘q.

Xalayli o‘ng qanot himoyachisi hamda vinger pozisiyasida birdek harakat qila oladi. U «Yunion Sent-Jilluaz»ga ko‘chib o‘tganidan beri Belgiya chempionatining eng istiqbolli yosh iste’dodlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Futbolchining belgiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi mavjud va u Butun Yevropa klublarining e’tibort markazida bo‘lishda davom etmoqda.

Ўхшаш янгиликлар