
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, «PSJ» vingeri Angliya klubiga o‘tishga og‘zaki rozilik bergan. Biroq, Italiya OAVdagi mish-mishlarga qaramay, bu tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olganini anglatmaydi.
Qayd etilishicha, futbolchi mersisaydliklar rahbariyati, shuningdek, bosh murabbiy Andoni Iraola bilan muloqot qilgan. U klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, «Liverpul» to‘lashga tayyor bo‘lgan summa va «PSJ»ning talablari o‘rtasidagi farq hali ham katta. Oldinroq parijliklar futbolchi uchun 170 million yevro (yoki 120+ million yevrodan ortiq) so‘rayotgani xabar qilingan edi.
Liga 1’ning o‘tgan mavsumida Barkolya 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.