Shuhrat Maqsudov — «Bunyodkor» futbol akademiyasi bosh direktori

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 09:00
  • 12
  • 30

Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasi bosh direktori etib tayinlandi.

Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega mutaxassis bo‘lib, futbolchi va murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Uning bilim va tajribasi Akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Bunyodkor» klubi Shuhrat Maqsudovni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va Akademiya ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tiladi.

«Birgalikda futbol yulduzlarini kashf qilamiz!» — deyiladi klub xabarida.

Ўхшаш янгиликлар