Mudrikning 2,5 million yevrolik hisob raqami muzlatib qo‘yildi

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 09:13
  • 12
  • 30

Ukrainalik hujumchi Mixail Mudrikning muammolari davom etmoqda — u doping bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar boshlanishidan oldin, 2023 yilda imzolangan shartnoma sababli 2,5 million yevro yo‘qotdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mudrik tijoriy suratga olishlar uchun JJDS Management Limited kompaniyasiga tegishli bo‘lgan foizlarni to‘lab bermagan. Sud surishtiruvlari oqibatida uning 2,5 million yevrolik hisob raqami muzlatib qo‘yildi. Shu sababli u pulni qaytarishiga to‘g‘ri keladi — aftidan, bu mablag‘ «Chelsi» unga to‘lashda davom etishga majbur bo‘layotgan gonorarlardan ushlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik futbolchi 2024 yilda to‘rt yil muddatga diskvalifikasiya qilingan edi.

Ўхшаш янгиликлар