Trafford «Lids»ga ko‘chib o‘tishga yaqin, «Nyukasl» kurashdan chiqdi

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 06:13
  • 9
  • 30

Jeyms Trafford «Manchester Siti»dan «Lids»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Klublar 23 yoshli darvozabonning transferi bo‘yicha kelishuvni deyarli hal qilishdi, deb xabar bermoqda The Athletic. «Tovuslar» (Lids) 40 million funt to‘laydi, shuningdek, qo‘shimcha bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan. Tomonlar hozirda bitimning so‘nggi tafsilotlarini ishlab chiqishmoqda.

Traffordga «Nyukasl» klubi ham qiziqish bildirgan edi.

O‘tgan mavsumda golkiper «shaharliklar» tarkibida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар