«PSJ» manbasi: «Leypsig» bir yil avval 2-divizionda o‘ynagan Diomande uchun aqlbovar qilmas summa so‘radi»

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 06:00
  • 9
  • 30

«PSJ» «Leypsig»ning yuqori talablari sababli Yan Diomandening transferidan voz kechdi.

Parij klubi nima sababdan Yan Diomandeni sotib olish fikridan qaytganiga izoh berdi. Kecha «PSJ» «RB Leypsig» vingeri bo‘yicha bergan taklifini qaytarib olganini rasman ma’lum qildi: «So‘ralayotgan transfer summasi va maosh talablari umuman mutanosib emas hamda bozor muvozanatini buzishi mumkin».

Avvalroq 19 yoshli kot-d'ivuarlik futbolchi «Real»ga o‘tishi va Madrid klubi u uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashi haqida xabar berilgan edi.

«Oxir-oqibat ular potensiali yuqori, ammo bor-yo‘g‘i bir yil avval Ispaniyaning ikkinchi divizionida to‘p surgan futbolchi uchun aqlbovar qilmas darajadagi summani so‘rashdi. Boshqa bir klub uning atrofida shunchaki shov-shuv ko‘targani uchungina biz ortiqcha pul to‘lamoqchi va bir futbolchi sabab o‘z siyosatimizdan chekinmoqchi emasmiz! Bu «Real»ning hozirda qanday holatda ekanini ko‘rsatib turibdi», — deydi «PSJ»dagi manba.

Ўхшаш янгиликлар