«PSJ» Yaponiya terma jamoasi darvozaboni bilan muloqotga kirishdi

  • Mr.NoBoDy28.07.2026 05:52
  • 9
  • 30

«PSJ» darvozabon Zion Sudzuki bilan aloqa o‘rnatdi.

Avvalroq parijliklar «Yuventus» ham da’vogarlik qilayotgan «Parma» posbonini o‘z safiga qo‘shib olish variantlarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgan edi. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Fransiya klubi Yaponiya terma jamoasi golkiperi uchun joy boshatish maqsadida Lyuka Shevalye bilan xayrlashishi mumkin.

Sky Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Parij jamoasi so‘nggi bir necha soat ichida yaponiyalik futbolchi bilan bog‘langan. U amaldagi darvozabonlardan biri jamoani to‘liq tark etsa yoki ijaraga berib yuborilsa, Fransiya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Sky Sport manbasi ham jamoadan ketishga asosiy nomzod sifatida ushbu transfer oynasida klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Lyuka Shevalyeni ko‘rsatmoqda.

Ўхшаш янгиликлар