
Portugaliyaning A Bola nashri xabar berishicha, «Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyes ijara asosida Portugaliyaga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, «Portu»ning transfer nishonida emas.
Urugvaylik hujumchi bosh murabbiy Simone Indzagining ishonchidan chiqib ketganidan so‘ng Saudiya grandini tark etib, boshqa jamoaga o‘tishga qat’iy qaror qilgan.
«Liverpul»ning sobiq yulduzi shartnomani bekor qilishni istagan bo‘lsa-da, «Al-Hilol» uni 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
Uning sobiq klubi «Benfika» nomi ham Nunyes bilan bog‘lanmoqda. Futbolchining o‘zi Saudiya klubi bilan kelishuv doirasida maoshining bir qismidan voz kechishga tayyor.