Superliga. "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ni ishonchli hisobda yengdi

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 22:26
  • 6
  • 30

Superliga 14-turida "Lokomotiv" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov bahsda ikki bor penaltidan gol urdi (57, 66). Quvonchbek Abrayev 90+3-daqiqada "temiryo‘lchilar"ning uchinchi golini kiritdi. Yagona javob to‘pi 90+6-daqiqada Dzenan Zajmovich tomonidan kiritildi.

"Lokomotiv" 22 ochko bilan 5-o‘ringa chiqdi. "So‘g‘diyona" 12 ochko bilan 14-pog‘onada.

O‘zbekiston Superligasi. 14-tur

27.07.2026 | 20:00 «Lokomotiv» stadioni, Toshkent

«LOKOMOTIV» — «SO‘G‘DIYONA» — 3:1

Bosh hakam: Temurbek To‘xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdulhamid Abduraimov

Zaxira hakami: Dias Galeev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Adelya Kurmayeva

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Shohnur Yo‘ldoshev

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov 57 penaltidan (1:0), Temurxo‘ja Abduxoliqov 66 penaltidan (2:0), Quvonchbek Abrayev 90+3 (3:0), Jenan Zaymovich 90+6 (3:1).

«Lokomotiv»: Aleksey Kozlov, Suhrob Nurulloyev (Bilol Tupliyev, 71), Shodiyor Shodiboyev (Quvonchbek Abrayev, 84), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Nurlan Ibraimov, 90), Aleksandr Shushnyar, Sardor Mirzayev, Aleksandr Kucherenko, Diyorjon Turopov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Shuhrat Muhammadiyev (Sunnatilla Poyonov, 71), Yovan Nishich (Nikolay Ivanov, 84).

Zaxira: Nikita Shevchenko, Ozodbek O‘ktamov, Ja’far Bahodirov, Muhammad Habibullayev.

«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Islomjon Qobilov, Petar Michin (Jenan Zaymovich, 72), Javohir Qahramonov (Oybek Nurmatov, 61), Filip Ivanovich, Lyupcho Doriyev, Ollabergan Karimov (Jamshid Boltaboyev, 72), Fazliddin Omonkeldiyev (Sardorbek Hoshimov, 46), Abdulazizxon Abdurashidov, Nodirjon Soyibov (Zabihillo O‘rinboyev, 82).

Zaxira: Shohruh Isoqov, Behruz Jumatov, Amirbek Saidov, Shohjahon Sultonmurodov.

Ogohlantirishlar: Nodirjon Soyibov (55), Ollabergan Karimov (59), Jamshid Boltaboyev (80), Sardorbek Hoshimov (90).

Ўхшаш янгиликлар