Superliga. "Andijon" o‘z maydonida "Buxoro"ga imkoniyat qoldirmadi

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 22:26
  • 6
  • 30

Superliga 14-turida "Andijon" "Buxoro"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Odil Abdumajidov 54-daqiqada, Hamidullo Karimov 90-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Andijon" 20 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi. "Buxoro" 23 ochko bilan 4-pog‘onada.

O‘zbekiston Superligasi. 14-tur

27.07.2026 | 20:00 «Bobur Arena» stadioni, Andijon

«ANDIJON» — «BUXORO» — 2:0

Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboyev

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Sultonbek Zaylobiddinov

Komissar: Qudrat Madraimov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Rinat Serazitdinov

Gollar: Odilbek Abdumajidov 53 (1:0), Hamidullo Karimov 90 (2:0).

«Andijon»: Eldor Adhamov, Odilbek Abdumajidov, Aleksandre Andronikashvili, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Dragan Cheran, 56), Humoyunmirzo Iminov (Martin Boake, 86), Nemanya Chalasan, Azizbek Turg‘unboyev (Doniyor Abdumannopov, 68), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov (Damir Temirov, 86), Bekzod Sulaymonov (Hamidullo Karimov, 86), Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: Ne’matulloh Rustamjonov, Abdulvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov, Shohjahon Yorqinboyev.

«Buxoro»: Umidjon Hamroyev, Ravshan Xayrullayev (Anvarjon Jo‘rayev, 73), Xurshid Muxtorov, Timur Mamasidiqov (Shahzodbek Ubaydullayev, 73), Javohir Ro‘ziyev (Sherzod Esanov, 28), Asadbek Jo‘rabekov (Nika Kacharava, 61), Muhammad Yo‘ldashev, Boyan Mladovich, Kirill Todorov, Vladimir Rodich (Asilbek Qayumov, 73), Shahboz Jo‘rabekov.

Zaxira: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Islombek Baratov, Abbos Umarov.

Ogohlantirishlar: Muhammadkarim Toirov (51), Dragan Cheran (79).

Ўхшаш янгиликлар