
«Galatasaroy» «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala bilan kelishuvga erishilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
«Klubimiz Musiala va «Bavariya» bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilamiz», — deyiladi Turkiya klubi bayonotida.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, o‘z navbatida «Bavariya» va Musiala ham ushbu yozda xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Germaniya terma jamoasining 23 yoshli o‘yinchisi jarohat tufayli og‘ir kechgan mavsumdan so‘ng Myunxen klubida muvaffaqiyatga erishishni istamoqda, «Bavariya» esa unga ishonch bildirmoqda.