«Real» hamon Franko Mastantuononi ijaraga bermoqchi, unga 5 dan ortiq klub da’vogar

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 09:13
  • 3
  • 30

«Real» vinger Franko Mastantuononi hamon ijaraga berishni xohlamoqda.

18 yoshli argentinalik futbolchiga «Benfika» qiziqish bildirdi va hozircha bu eng ehtimolli variant bo‘lib turibdi, deb xabar beradi Radio Marca.

Oldinroq «Madrid» Mastantuononi sotib olish huquqisiz ijaraga berishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi. Vaziyatni 5 dan ortiq klub, jumladan, «Fiorentina» ham kuzatib bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар