
«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Shveysariya terma jamoasi va «Monako» hujumchisi Bril Emboloni o‘z jamoasida ko‘rinishni istamoqda.
«Osmonranglilar» Lois Opendaning transferidan quruq qolgach, diqqatini boshqa nomzodlarga qaratdi. Emboloning jismoniy ko‘rsatkichlari, yuqori darajadagi tajribasi va o‘yin uslubi Lempardning hujumchi borasidagi talablariga to‘laqonli mos keladi.
Bril Embolo xizmatlariga Angliyaning boshqa klublari — «Birmingem Siti» va «Xall Siti» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.