
Superog‘ir vazn toifasida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sobiq mutlaq jahon chempioni, ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Ukraina prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u xalki orasida yetarlicha qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
«Agar menda shunday fikr bo‘lganida, o‘ylashimcha, men uchun ko‘proq odam ovoz bergan bo‘lar edi (Usik aholining 6 foizi unga ovoz berishga tayyorligi ko‘rsatilgan so‘rovnoma natijalariga shama qildi), lekin men Ukraina prezidentligiga o‘z nomzodimni qo‘ymayman», — dedi Usik.
Ukrainalik bokschining professional ringdagi rekordi 25 ta g‘alabadan iborat bo‘lib, ularning 16 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan. Aleksandr Usik 2013 yilning noyabr oyida professional boksda debyut qilgan hamda 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioni hisoblanadi.