
«Yuventus» Randal Kolo-Muani transferi bo‘yicha «PSJ» bilan muzokaralarda ilgariladi.
Turin klubi bitimni iyul oyi oxirigacha rasmiylashtirishga umid qilmoqda. Corriere dello Sport nashrining yozishicha, «Yuventus»ning futbolchi bo‘yicha so‘nggi taklifi 40 million yevrodan oshadi. Bundan tashqari, tomonlar futbolchining keyingi qayta sotuvidan olinadigan foizni muhokama qilishmoqda. Shu bilan birga, parijliklar dastlab hujumchini 50 million yevroga baholashgan edi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralarda «Yuventus»ning qo‘shimcha ustunligi — Kolo-Muanining o‘zi faoliyatini aynan Turinda davom ettirishni xohlayotganidir.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi «Yuventus»da ijara asosida to‘p surgan. U turinliklar safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.