Sancho Qatarga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 21:39
  • 6
  • 30

Vinger Jeydon Sancho faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin. Foot Mercato nashriga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Qatarning "Ar-Rayyan" klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning sakkiz karra chempioni Sanchoga shartnoma imzolashni taklif qilgan. Endi "Ar-Rayyan" angliyalik futbolchining javobini kutmoqda. Oldinroq vinger o‘z vatanida o‘ynashni davom ettirishni istayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shu yozda Sancho shartnoma muddati tugagani sababli "Manchester Yunayted"ni tark etdi. O‘tgan mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilib, klub libosida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар