Olmo JCH-2026 finalidan keyingi mushtlashuv haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 20:39
  • 6
  • 30

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo JCH-2026 final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng o‘ziga zarba bergan Argentina murabbiyi Roberto Ayyala haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda Ispaniya Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

"Pushaymonligini ta’kidlab, keyin esa bu zarbani shunchaki reaksiya deb oqlayotgan inson... Ehtimol, u umuman pushaymon emasdir, chunki u yolg‘onchi. Men unga hech narsa deganim yo‘q, shu sababli menga uning uzr so‘rashi shart emas. Bizni aslida xatoning o‘zi emas, balki uni tan olishdagi jasorat ifodalaydi", — deydi Olmoning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri.

Final xushtagi chalinganidan so‘ng maydonda ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida janjal kelib chiqqan edi. Roberto Ayyala o‘yin tugagach, Daniel Olmo bilan tortishib qolgan va so‘ng futbolchiga zarba bergan. Keyinchalik Ayyala o‘z qilmishini tushuntirib, Olmo bilan uchrashganda undan uzr so‘rashga va’da bergan edi.

Ўхшаш янгиликлар