
«Manchester Yunayted» 2026 yilgi Jahon chempionati finalida jarohat olgan himoyachi Lisandro Martinesning holatidan xavotirda emas. Klubda bu jarohat jiddiy emasligini va argentinalik futbolchi mavsum boshlanishiga qadar tiklanishi kerakligini tushunib turishibdi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.
28 yoshli himoyachi Ispaniyaga qarshi kechgan dunyo birinchiligining final o‘yinida (1:0) 44-daqiqada almashtirilgan edi.
O‘tgan mavsumda Martines barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushgan va mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmagan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.