«Manchester Yunayted» Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi uchun «Yuventus» bilan kurashishi mumkin

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 15:00
  • 3
  • 30

«Manchester Yunayted» va «Yuventus» Kolumbiya terma jamoasi hamda «Bolonya»ning markaziy himoyachisi Jon Lukumiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi 28 yoshli futbolchi uchun 18 million yevro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. Ta’kidlanishicha, «qizil iblislar» «Bolonya» uchun manfaatliroq taklif berishga qodir, biroq uning summasi ochiqlanmagan.

2026 yilgi jahon chempionatida Lukumi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

O‘tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi klub miqyosidagi barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар