
«Nyukasl»ning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Londonning «Arsenal» klubi transfer nishoni bo‘lib qolmoqda.
Jurnalist Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «kanonirlar» kelasi haftada yarim himoyachi transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirishadi. Premyer-liga chempioni Gimaraes bo‘yicha taklifni yaxshilashni niyat qilgan.
28 yoshli yarim himoyachi Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda. Uning «qarg‘alar» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida Bruno 29 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.