
Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan angliyalik himoyachi Jon Stouns Tumanli Albionni Italiyaga almashtirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan Milanning «Inter» klubi transfer short-listida hali ham figura qilmoqda. «Neradzurri» uchun yana bir nomzod — argentinalik Kristian Romero.
32 yoshli angliyalik futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida nihoyasiga yetgan edi. U 2016 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Stouns bor-yo‘g‘i to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi.