
So‘nggi paytlarda Turinning «Yuventus» klubida to‘p surgan markaziy hujumchi Dushan Vlaxovich Italiya A Seriyasining boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Tuttosport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, serbiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Vlaxovich jamoada shu yozda ketishi kutilayotgan belgiyalik Romelu Lukakuning o‘rnini egallashi mumkin.
Dushan Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida «keksa sinyora» safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi o‘z hisobiga 7 ta gol va 1 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.
A Seriyaning o‘tgan mavsumida «Napoli» ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa UYEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi.