Reshfordning suratga tushishi uning kelajagi haqida yangi mish-mishlarni keltirib chiqardi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 10:26
  • 3
  • 30

Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi yana so‘roq ostida qolmoqda. Goal xabariga ko‘ra, klub hujumchini Amazon tomonidan yangi mavsumga bag‘ishlab suratga olinayotgan hujjatli serialda ishtirok etishga taklif qilgan.

Forvardning Amazon loyihasiga jalb etilishi uning «Old Trafford»da aniq qolishini anglatmaydi, ammo maqola muallifining fikricha, agar klub futbolchiga umuman umid bog‘lamayotgan bo‘lsa, bunday qadam biroz erish ko‘rinadi.

«Barselona»dagi ijara muddati tugab qaytganidan so‘ng, Reshfordning jamoadan ketishi eng ehtimoliy variant sifatida ko‘rilayotgan edi. Biroq mankunianliklar haligacha transferning moliyaviy shartlarini bajarishga tayyor bo‘lgan xaridor topa olishgani yo‘q.

Ўхшаш янгиликлар