
Yarim himoyachi Antonio Vergara o‘zining hozirgi klubi — «Napoli» bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda Neapol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2031 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Kelishuvda shartnoma muddatini yana uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan band mavjud.
Antonio «Napoli» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada o‘tgan yilning avgust oyidan beri harakat qilib kelmoqda. Yarim himoyachi neapolitanliklar safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
A Seriyaning o‘tgan mavsumida «Napoli» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab, UYEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.