Fofana Liga 1'ga ko‘chib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy09.07.2026 09:00
  • 45
  • 30

«Oser» «Lozanna»dan Seku Fofanani sotib oldi. Kelishuv muddati hozircha ochiqlanmagan.

23 yoshli fransiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Shveysariya klubi bilan bo‘lgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qilishi kerak edi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 800 ming yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар