Reshford uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 23:39
  • 36
  • 30

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Turkiyaning "Galatasaray" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o‘tkazgan Reshford "Galatasaroy"ning nishoniga tushgan. Futbolchining ustuvor maqsadi hozircha "Barselona" bo‘lib qolmoqda, ammo kataloniyaliklar hali uni sotib olish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishmadi. "Ko‘k-anorranglilar"da futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish huquqini faollashtirish uchun 15 iyunga qadar vaqt bor.

O‘tgan mavsumda Reshford "Barselona" tarkibida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 marta ishg‘ol qildi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar