“Komo” prezidenti Niko Pasning “Real Madrid”ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 14:00
  • 21
  • 30

Italiyaning “Komo” klubi prezidenti Mirvan Suvarso jamoa yarim himoyachisi Niko Pasning atrofidagi transfer mish-mishlariga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Madridning “Real” klubi futbolchini 9 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Italiya klubi rahbari madridliklarning ushbu bandni faollashtirish imkoniyati mavjudligini yashirib o‘tirmadi.

“Niko Pas? “Real Madrid”ning futbolchini qaytarib olish huquqi borligidan hamma xabardor. Biz hayotga doim ijobiy nigoh bilan qarashga harakat qilamiz. Bir necha yil oldin bunday darajadagi futbolchi bizda o‘ynashini tasavvur ham qila olmasdik. “Real”ning saxiyligi sabab biz uni o‘z safimizga qo‘shib olgandik. Bu barcha uchun foydali kelishuv bo‘ldi”, — deya ta’kidladi “Komo” raisi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli iqtidor egasi ortda qolgan mavsum yakunlariga ko‘ra, A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topilgan edi.

Bundan tashqari, Pasning ko‘rsatayotgan mazmunli o‘yinlari e’tibordan chetda qolmadi va u Argentina terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan ham joy oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar