Uesli Fofana «Barselona»ga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy11.05.2026 16:52
  • 48
  • 30

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» himoyachisi Uesli Fofana «Barselona»ga o‘tishni istayotganini aniq bildirgan.

Avvalroq futbolchining agentlari uning xizmatlarini Kataloniya klubiga taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Ko‘k-anorranglilar» Fofanani ijara asosida tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Biroq «Chelsi» fransuz himoyachisini 30 million yevroga sotmoqchi.

Umuman olganda, Uesli Fofana londonliklar safida 69 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Ushbu o‘yinlarda himoyachi 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар