«Inter» himoyachisi «Bavariya»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

  • Mr.NoBoDy25.05.2026 00:52
  • 3
  • 30

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissekk «Bavariya»ning unga bo‘lgan qiziqishi haqidagi savolga javob berdi. Nemis futbolchisining Bundesliga grandiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yil boshidanoq tarqalgan edi.

«Men Milanda baxtiyorman. Seni top-klublar bilan bog‘lashlari har doim yoqimli, ammo hozir bu haqda o‘ylamayapman. Ayni damda bor e’tiborimni ta’tilga qaratganman, keyin esa vaqt ko‘rsatadi», — deya Bissekkning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Transfermarkt portali ekspertlari 25 yoshli futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Markaziy himoyachining «neradzurrilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар