Niko Uilyams APLga yo‘l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy25.05.2026 00:52
  • 6
  • 30

Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» ushbu hujumkor yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. «Qizillar» safida Uilyams mavsum yakunida «Enfild»ni tark etayotgan misrlik Muhammad Salohning o‘rnini egallashi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda 23 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining 25 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Niko hisobiga oltita gol va uchta golli uzatma yozib qo‘yilgan.

Uilyamsning basklar klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2035 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар