«Bavariya» himoyachisiga asosiy da’vogar jamoa nomi aytildi

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 09:13
  • 15
  • 30

«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je A Seriya top-klublari e’tiborida qolmoqda.

Janubiy koreyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqish haqida insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga, ayniqsa, «Yuventus» katta qiziqish bildirmoqda. Biroq muammo hamon o‘sha-o‘sha: Kimning maoshi har qanday Italiya grandi uchun juda yuqori — transfer amalga oshishi uchun u maoshining sezilarli qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, «Bavariya» kelayotgan yozda markaziy himoyachi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Kim Min Je 2023 yilning yozida «Napoli»dan «Bavariya»ga o‘tgan edi. Neapolliklarning sobiq yulduzining ayni damdagi bozor qiymati Transfermarkt talqiniga ko‘ra 25 million yevroni tashkil qiladi.

Ўхшаш янгиликлар