Salohga asosiy da’vogar nomi ma’lum. U Saudiyaga ketmasligi mumkin

  • Mr.NoBoDy01.05.2026 09:00
  • 21
  • 30

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatining yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Misrlik futbolchi mavsum yakunida erkin agent sifatida «qizillar» safini tark etadi.

MatchDay Central nashrining TEAMtalkga tayanib xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi Yevropada qolishni afzal ko‘rgani sababli Saudiya Arabistoni klublariga rad javobini berish ehtimoli juda yuqori. Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi yulduz forvard bilan allaqachon bog‘langan — Istanbul klubi unga haftasiga taxminan 385 ming yevro maosh to‘lashga tayyor. Futbolchi Istanbulga ko‘chib o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Muhammad Saloh 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар