
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus yana «Milan» qiziqishlari doirasiga tushdi.
Braziliyalik futbolchi avval ham «rossonerilar»ning da’vogarlari qatorida tilga olingan edi, biroq o‘shanda ish jiddiy muzokaralargacha yetib bormagandi. Arsenal Radar xabariga ko‘ra, yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan Italiya klubi turli nomzodlarni ichki muhokamadan o‘tkazgach, «kanonirlar» forvardini o‘z "short-list"iga (nomzodlarning qisqa ro‘yxati) kiritdi.
Gabriel Jezusning «Arsenal» bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga etadi, uning transfer narxi esa Transfermarkt talqiniga ko‘ra 20 million yevroni tashkil qiladi. Aprel oyi boshida hujumchi 29 yoshni qarshi oldi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» A Seriyaning 34 turidan so‘ng turnir jadvalida uchinchi pog‘onani egallab turibdi.