Bosniyalik himoyachi «Yuventus»ni emas, «Inter»ni tanladi

  • Mr.NoBoDy16.04.2026 13:13
  • 21
  • 30

«Inter» «Sassuolo» himoyachisi Tariq Muharemovich bilan shartnoma imzolash harakatlarini davom ettirmoqda.

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, «Sassuolo» o‘z futbolchisini sotish orqali 25 million yevro ishlab olmoqchi, bu mablag‘ning 50 foizi esa «Yuventus»ga berilishi kerak. «Inter» kelishuvga o‘z yosh o‘yinchilaridan birini qo‘shish orqali transfer summasini kamaytirish niyatida. Muharemovichning o‘zi esa «Yuventus»ga qaytishdan ko‘ra, aynan «Inter»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Tariq Muxaremovich 2025 yilda «Yuventus»dan «Sassuolo»ga ikki million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар