«MYU», «Barselona» va «Bavariya» Leauga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 06:39
  • 21
  • 30

«Bavariya» va «Barselona» klublari «Milan» hujumchisi Rafael Leauni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchining «rossoneri» muxlislari bilan munosabati so‘nggi oylarda yomonlashgan. Shu sababli, uning shartnomasida 175 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, futbolchining 80 million yevro evaziga jamoani tark etishi haqiqatga aylanishi mumkin.

Premyer-ligada «Manchester Yunayted» portugaliyalik uchun asosiy variantlardan biri bo‘lishi mumkin, shuningdek, Saudiya Arabistoni jamoalari tomonidan ham qiziqish mavjud.

Leau 2019 yilning avgustidan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар