«Inter» himoyachi transferi bo‘yicha ish boshladi

  • Mr.NoBoDy14.04.2026 06:26
  • 27
  • 30

Italiyaning «Inter» klubi «Bryugge» himoyachisi Xoel Ordonyes bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Calciomercato.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli venesuelalik futbolchi «Internasionale»ning markaziy himoya chizig‘i uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Biroq uning transferi uchun 35 milliondan 40 million yevrogacha mablag‘ talab etiladi.

Ordonyes 2023 yilning iyul oyidan beri «Bryugge» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 33 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар