Turin klubi Bernardu Silvani tekinga qo‘lga kiritish harakatida

  • Mr.NoBoDy18.03.2026 17:39
  • 24
  • 30

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva Turinning «Yuventus» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Yuventus» «Nyukasl» a’zosi Sandro Tonaliga bo‘lgan qiziqishi soviganidan so‘ng, o‘z e’tiborini Silvaga qaratmoqchi. Avvalroq, portugaliyalik futbolchi mavsum yakunlangach, shartnomasi muddati tugashi bilan «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda 31 yoshli Silva barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va o‘z hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachining narxini 27 million yevroga baholamoqdalar.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar