"Real" 16 yoshli ispaniyalik iqtidor uchun kurashda "Barsa" va yana bir qator granlarni ortda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy17.03.2026 22:52
  • 18
  • 30

Madridning «Real» klubi tez orada chap qanot himoyachisi Viktori Okori bilan mehnat shartnomasini imzolaydi. Bu haqda jurnalist Matteo Maretto xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «qaymoqranglilar» «Alaves» yoshlar jamoasining 16 yoshli iqtidori uchun kechgan kurashda «Barselona», «Bavariya» va «Atletiko» klublarini ortda qoldirishdi. Futbolchi, shuningdek, muntazam ravishda Ispaniya o‘smirlar terma jamoasiga chaqirib turiladi.

Ispaniya chempionatining 28 turidan so‘ng, «qirollik klubi» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa jamoasi hisobida 66 ochko mavjud. Peshqadam «Barselona» bilan oradagi farq to‘rt ochkoni tashkil etmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar