"Atletiko"ga Alvares o‘rniga "Marsel" yulduzi kelishi kutilmoqda

  • Mr.NoBoDy17.03.2026 22:26
  • 18
  • 30

Hujumchi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida "Atletiko"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Grem Beyli bergan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchiga ko‘plab Yevropa top-klublari qiziqish bildirmoqda, futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. "Matraschilar" esa allaqachon Alvaresga o‘rinbosar tanlab bo‘lishgan. Madrid klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni sotib olishni ko‘zlamoqda.

Meyson Grinvud 2024 yilda "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga 26 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi "provansalliklar" safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar